C++ Kirish

C++ dastlab "C" dasturlash tili asosida yaratilgan.

C++ tarixi

C++ tilini daniyalik kompyuter olimi Bjarne Stroustrup 1979-yilda AT&T Bell laboratoriyasida ixtiro qilgan. Bir muncha vaqt davomida u C84 deb nomlangan, ammo bu xunuk va chalkash deb hisoblangan. Oxir-oqibat, kompyuter olimi Rik Mascitti C++ nomini taklif qilgan, uni C tilining vorisi sifatida talqin qilishgan. Stroustrup Kembrij universitetining hisoblash laboratoriyasida nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlayotganida, simulyator yozishda foydalangan Simula dasturlash tilining dastur tashkil etilishi va parallellik xususiyatlari uni hayratda qoldirgan. AT&T Bell Labs-dagi ishi uchun Stroustrup C dasturlash tilini Simulaning foydali xususiyatlari bilan yaxshilashga qaror qilgan. U Simulaga o'xshash sinflarga ega C dasturlarini mavjud kompilyatorlar bilan kompilyatsiya qilinishi mumkin bo'lgan oddiy C kodiga aylantiradigan Cpre pre-protsessorini yozishni boshladi. Yangi til dastlab oddiygina "C with Classes" deb nomlangan. Boshidanoq C++ ni C ishlatilishi mumkin bo'lgan hamma narsa uchun ishlatish mumkin edi, shuning uchun u umumiy maqsadli dasturlash tili edi. Bundan tashqari, C kompilyatorlari allaqachon ko'plab platformalar uchun mavjud bo'lganligi sababli, u C ning portativligini meros qilib olgan, bu bugungi kungacha uning muhim sifat atributlaridan biri bo’lib kelmoqda. Tilning yana bir maqsadi C ning xavfli xususiyatlari uchun yaxshiroq muqobillarni taqdim etish, shu bilan birga uning samaradorligini saqlab qolish va asosiy apparat ( hardware ) xususiyatlariga bevosita kirish edi. C++ shu kungacha 4 ta katta yangilanishni amalga oshirgan:

YilVersiya
2011C++11
2014C++14
2017C++17
2020C++20

C++ qanday til

C++ dasturlash tili satatik ( Static ) dasturlash tili hisoblanadi ya’ni bu turdagi tillarda kompilatsiya vaqtida o’zgaruvchilar turlari ( String, Number, Boolean va boshqalar ) tekshiriladi. Ushbu amaliyot qat’iy ma’lumot turlarini talab qiladi hamda ma’lumot turlari havfsizligini oshiradi va xatolarni oldini oladi.

int myNum = 5;
string myText = "salom";
bool myBoolean = true;

Ko’rib turganingizdek har bir o’zgaruvchi maxsus kalit so’zlar yordamida e’lon qilinyapti. Bu holatda har bir o’zgaruvchi qaysi ma’lumot turiga mansubligi belgilab qo’yilgan. Solishtirishingiz uchun dinamik ( Dynamic ) dasturlash tili hisoblangan JavaScript tilidan misol keltiraman.

let myNum = 5;
let myText = "salom";
let myBoolean = true;

Ushbu holatda esa o’zgaruvchilarni e’lon qilish tubdan farq qiladi. Dinamik tillar o’zgaruvchilar turlarini kompilatsiya jarayonida emas to’g’ridan to’g’ri dastur ishlashi davomida tekshiradi bu esa bir qator xatolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shuningdek C++ tili kompiler ( Compiled ) til xisoblanadi ya’ni ushbu tilda yozilgan dastur ishga tushirilishidan oldin kompilyator tomonidan mashina kodiga tarjima qilinadi bu esa dasturni yuqori samaradorligini va tez ishlashini ta’minlaydi.

Ushbu sahifada

Xato haqida xabar berish