User input

C++ da foydalanuvchidan ma’lumot qabul qilish

C++ da Foydalanuvchidan ma’lumot qabul qilish (User input)

C++ da foydalanuvchidan ma’lumot qabul qilish va uni biror o’zgaruvchiga o’zlashtirish C dasturlash tiliga qaraganda biroz soddaroq keltirilgan. Ro’yxatdan o’tkazuvchi dasturlarni tassavvur qiling, uyerda foydalanuvchidan ismi, familiyasi yoshi so’raladi. Biz ham soddaroq foydalanuvchidan biror bir ma’lumot qabul qiladigan dastur yozib ko’ramiz.

#include <iostream>
 
using namespace std;
 
int main()
{
  int yosh;  // O'zgaruvchi e'lon qilish
 
  cout << "Yoshingizni kiriting: "; // Foydalanuvchidan aynan qanday ma'lumot talab qilinayotganini belgilash
  cin >> yosh;  // Foydalanuvchidan ma'lumotni qabul qilib uni yosh degan o'zgaruvchiga saqlash
  cout << "siz" << yosh << " yoshdasiz" << endl; // Foydalanuvchidan olingan ma'lumotni ekranga chop qilish
 
  return 0;
}

Yuqoridagi dasturimizni qisqacha tasnifiga to’xtalsak. Biz dasturimizni asosiy funksiya ichida yozdik, ishni birinchi bo’lib foydalanuvchidan olingan ma’lumotni saqlash uchun o’zgaruvchi e’lon qilishdan boshladik.

int yosh;

Ushbu o’zgaruvchimiz o’zida foydalanuvchidan keladigan ma’lumotni saqlaydi.

cout << 'Yoshingizni kiriting: ';

Yuqoridagi qatorda biz foydalanuvchiga bizga aynan qanday ma’lumot kerakligi haqida bildirish beryapmiz. Agar ushbu qatorni tashlab ketganimizda ham dastur ishlayveradi ammo foydalanuvchilar dastur ulardan qanday ma’lumot kutayotganini bilishmasdi. Dastur qulay va tushunarli bo’lishi uchun shunday holatlarga e’tibor qaratishingizni tavsiya qilamiz.

cin >> yosh;

Ushbu qatorda dasturimiz cin obyekti yordamida kiruvchi ma’lumotni kutib turadi va uni yosh deb nomlangan o’zgaruvchiga saqlaydi. >> operatori esa kiruvchi qiymatni chiqarish uchun xizmat qiladi. Ko’p hollarda o’rganuvchilar cout va cin dagi operatorlarni adashtirib qo’yishadi chunki ular bir biriga o’xshash. Shuning uchun ushbu holatga e’tiborliroq bo’lib operatorlar qo’llanishini eslab qolishingizni tavsiya qilamiz.

(((cout << 'siz') << yosh) << ' yoshdasiz') << endl;

Bu qatorda biz olingan ma’lumotni ekranga cout obyekti yordamida chop qilamiz. << operatori esa har doimgidek ma’lumotlarni cout obyektiga yo’naltirish uchun xizmat qiladi.

Ushbu dasturni CodeBlocks dastur muxarririda ishga tushiramiz.

C++ da foydalanuvchidan ma’lumot qabul qilish

Terminalimizda shunday holat yuzaga keladi. Dastur bizdan yoshimizni so’ramoqda, biz esa istalgan qiymat kiritib ko’ramiz, aytaylik 23.

C++ da foydalanuvchidan ma’lumot qabul qilish

Ko’rib turganingizdek ekranda “siz 23 yoshdasiz ” degan natija hosil bo’ldi.

Ushbu sahifada

Xato haqida xabar berish