C++ da operatorlar (Operators)
C++ dasturlash tili operatorlarni sinflarga ajratib chiqqan, ya’ni:
Arifmetik operatorlar
Odatda operatorlar o’zgaruvchilar va qiymatlar o’rtasida biror vazifa bajarish uchun ishlatiladi, shulardan biri matematik amallar bajarish uchun mo’jallangan operatorlar hisoblanadi.
Yuqoridagi kodimizda natija
nomli o’zgaruvchining qiymati matematik amal natijasidan kelib chiqadi va biz buyerda “ + “
ya’ni qo’shuv operatoridan foydalandik. Quida asosiy matematik operatorlar bilan tanishishingiz mumkin:
Operator | Nomi | Tasnifi | Misol |
---|---|---|---|
+ | Qo’shuv | Ikki qiymatni qo’shish uchun ishlatiladi | a + b, 10 + 5 |
- | Ayirish | Bir qiymatdan boshqasini ayiradi | a - b, 10 - 5 |
* | Ko’patirish | Ikki qiymatni ko'paytiradi | a * b, 10 * 5 |
/ | Bo’lish | Bir qiymatni boshqasiga bo’ladi | a / b, 10 / 5 |
% | Qoldiqli bo’lish | Bir qiymatni boshqasiga qoldiqli bo’ladi | a % b, 10 % 5 |
++ | O’sish | O'zgaruvchining qiymatini 1 ga oshiradi | ++a |
-- | Kamaytirish | O'zgaruvchining qiymatini 1 ga kamaytiradi | --a |
Taqqoslash operatorlari
Bu turdagi operatorlar ikkita qiymatni bir-biriga taqqoslash uchun ishlatiladi va mantiqiy qiymat qaytaradi ya’ni (true yoki false) yoki 0 va 1.
Operator | Nomi | Tasnifi | Misol |
---|---|---|---|
== | Tenglik | Qiymatlarni bir-biriga tengligini tekshiradi | 1 == 1 // True yoki 1 |
!= | Teng emas | Qiymatlarni bir-biriga teng emasligini tekshiradi | 2 != 1 // True yoki 1 |
> | Kattaroq | Qiymatlar orasidagi tafovutni tekshiradi | 2 > 1 // True yoki 1 |
< | Kichikroq | Qiymatlar orasidagi tafovutni tekshiradi faqat kichik qiymatlarda True yoki 1 qaytaradi | 1 < 2 // True yoki 1 |
>= | Kattaroq yoki teng | Qiymatlar orasidagi tafovut katta yoki tenglikni tekshiradi | 1 >= 1 // True yoki 1 |
<= | Kichikroq yoki teng | Qiymatlar orasidagi tafovut kichik yoki tenglikni tekshiradi | 2 <= 1 // False yoki 0 |
Belgilash operatorlari
Bu operatorlar odatda o’zgaruvchilarga qiymat o’zlashtirishda foydalaniladi:
Ushbu kodimizda number
o’zgaruvchimizga 10 qiymatini saqlash uchun “ = “
operatoridan foydalandik. Shunga o’xshash yana bir qancha operatorlar mavjud. Masalan, arifmetik operatorlarni belgilash operatorlari bilan birga ishlatish mumkin.
Ushbu holatni istalgan arifmetik operatorlar bilan takrorlashingiz mumkin.
Mantiqiy operatorlar
Taqqoslash operatorlarida bo'lgani kabi, siz mantiqiy operatorlar yordamida ham True (1) yoki False (0) qiymatlarni tekshirishingiz mumkin. Mantiqiy operatorlar o'zgaruvchilar yoki qiymatlar orasidagi mantiqni aniqlash uchun ishlatiladi va dastur yozish jarayonida eng ko’p foydalaniladigan operatorlardan biridir.
Operator | Nomi | Tasnifi |
---|---|---|
&& | Mantiqiy “va” yoki “And” operatori | Ikkala taqqoslanish jarayoni ham to'g'ri bo'lsa, True qiymatini qaytaradi |
` | ` | |
! | Mantiqiy “emas” yoki “Not” operatori | Natijani teskarisiga aylantiradi, agar natija True bo'lsa, False qiymatini qaytaradi |
Jadvalda biroz tushunarsiz tuyilishi mumkin lekin bu mavzuni dastur yozish davomida yanada chuqurroq o’rganamiz.
Bayt operatorlari
Bit darajasida manipulyatsiya:
Bayt operatorlar sonni tashkil etuvchi bitlar bilan bevosita ishlash imkonini beradi. Masalan, 32 bitli intda 0 yoki 1 bo'lishi mumkin bo'lgan 32 ta alohida bit mavjud. Bayt operatorlar turli operatsiyalarni bajarish uchun ushbu bitlarni to'g'ridan-to'g'ri boshqarish imkonini beradi. Yaxshiroq tushunishingiz uchun quyidagi ma’lumotni keltiramiz:
- Bit (b): bitta ikkilik qiymatni (0 yoki 1) ifodalovchi eng kichik ma'lumotlar birligi.
- Bayt (B): 1 bayt = 8 bit.
- Kilobayt (KB): 1 kilobayt = 1024 bayt
(2^10 bayt)
. - Megabayt (MB): 1 megabayt = 1024 kilobayt
(2^10 KB)
. - Gigabayt (GB): 1 gigabayt = 1,024 megabayt
(2^10 MB)
. - Terabayt (TB): 1 terabayt = 1024 gigabayt
(2^10 GB)
.
Bu operatorlar ma’lumotning har bir biti bilan alohida ishlash imkonini beradi.
Yuqorida ko’rib turgan kodimizda bayt operatorlaridan biri “va” operatoridan foydalanilgan. Bu jarayonda bayt operatori a
va b
o’zgaruvchilarining bitlarini birma-bir taqqoslab chiqadi va natijani c
o’zgaruvchisiga saqlaydi. Bayt operatorlari mantiqiy operatorlar bilan deyarli bir xil ishlaydi. Muximi shundaki bayt operatorlari operandlar ya’ni taqqoslanuvchilarni ifodalovchi haqiqiy bitlar bilan ishlash va ularni boshqarish imkonini beradi va bu jarayon asosan quyi dasturlashda va shifrlash algoritmlarida ko’proq qo’llaniladi.