Hello world!
C++ dasturlash tilida Hello world! dasturini yozish.
C++ Hello world!
Har bir dasturchiga “Hello World” so’zi notanish emas. Shuning uchun biz ham birinchi dasturimizni ushbu so’zni ekranga chiqarishdan boshlaymiz. Buning uchun birinchi bo’lib CodeBlocks dastur muxaririni ochamiz va bizga ochilgan oynadan Create a new Project bo’limini tanlaymiz.
Keyingi ochilgan oynadan esa Console application bo’limini tanlaymiz.
Keyingi oyna bizdan dastur yozishda qausi dasturlash tilidan foydalanishimizni so’raydi. CodeBlocks muxaririda siz ikkita dasturlash tillaridan foydalanishingiz mumkin, bularga C va C++ lar kiradi.
C++ ni tanlab Next> tugmasini bosamiz.
Ushbu oynada esa biz dasturimizni nomi va joylashuvini belgilashimz kerak bo’ladi. Project title degan joyiga dasturimiz nomini kiritamiz ya’ni “helloWorld”.
Ko’rib turganingizdek dastur nomini kiritishim bilan qolgan bo’limlar avtomatik tarzda to’ldirildi ya’ni Project filename va Resulting filename bo’limlari avtomatik tarzda to’ldiriladi.
Ushbu oynada biz dastur uchun compiler tanlashimiz kerak bo’ladi. Yuqoridagi rasmda kompyuter avtomatik tarzda kompyuterimizdagi compilerni aniqlab uni tanladi endi esa Finish tugmasini bosib yakunlashimiz mumkin.
Yuqoridagi amallarni bajarib bo’lganimizdan so’ng bizga quidagicha oyna ochiladi:
Ekranning chap tarafida bizning file manager joylashgan bo’lib biz uyerda istagancha fayl qo’shishimiz yoki istagancha fayllarni o’chirishimiz mumkin bo’ladi. Quidagi uchta tugmacha bizga yozgan dasturimizni ishga tushirishimizga yordam beradi:
Ushbu tugmalarning sariq rangdagisi (Build) qilish ya’ni C++ dasturlash tilidagi dasturni mashina tiliga o’girish uchun xizmat qiladi. Ikkinchi yashil rangdagisi esa ushbu dasturni ishga tushirish uchun xizmat qiladi. Uchinchi tugma dasturni bir vaqtni ozida ham mashina tiliga o’girib undan so’ng ishga tushiradi va natijani ekranga chop qiladi. buni sinash uchun uchinchi tugmani ya’ni (Build and Run) tugmasini bosib dasturni ishga tushirib ko’ramiz.
Ko’rib turganingizdek kompyuter bizga “Hello World” so’zini Terminalga (windowsda (command promt)) chop qilib berdi. Endi yozgan kodimizni qisqacha tasnifiga to’xtalsak.
#include <iostream>
— Ushbu qatorda dastur kompilyatorga C++ ning standart kutubxonalaridan biri bo’lgan <iostream>
ya’ni input and output funksiyalarini qo’shishni buyiradi, bu funksiyalar yordamida esa dastur Terminalga yozish yoki u orqali foyalanuvchidan ma’lumot olish huquqiga ega bo’ladi.
using namespace std
— Ushbu qator kompilyatorga standart nomlash maydonidan foydalanishni buyiradi ya’ni mavjud code larni mantiqiy guruhlarga ajratish va nomlar to’qnashuvini oldini olish uchun ushbu kutubxonadan foydalaniladi. Kutubxona barcha C++ standart funksiya nomlarini o’z ichiga oladi jumladan “COUT” ya’ni ekranga chop qilish funksiyasi. Agar bu qatorni dasturga kiritishni unutsangiz funksiyalardan foydalanish biroz murakkablashadi ya’ni quidagicha yoziladi.
int main() — Bu har qanday C++ dasturlaridagi kiruvchi funksiya hisoblanadi ya’ni dastur ishga tushirilganda kompilyator doim main() funksiyasini ishga tushiradi.
cout << "Hello world!" << endl —
Ushbu ****qatorda asosiy vazifa ya’ni “Hello World” so’zini ekranga chop qilish jarayoni bajariladi. COUT C++ dagi standart chiquvchi oqim (output stream) obyekti hisloblanadi. <<
bu operator ma’lumotni chiquvchi oqimga uzatilishini bildiradi. **endl** bu qator tugaganini bildiruvchi kalit so’z hisoblanib kompilyatorga ushbu qator tugagani va keyingi ma’lumotlarni yangi qatordan boshlash kerakligini bildiradi. Bu huddi JavaScript dasturlash tilidagi “\n
” vazifasini bajaradi.
return 0; — Ushbu qator kompilyatorga dasturni tugatishni buyiradi.