Massivlar (Arrays)
C++ da Massivlar (Arrays) haqida
C++ da Massivlar (Arrays)
C++ da massivlar (arraylar) bir hil turdagi bir necha ma’lumotlarni saqlash imkonini beradi. Massivdagi ma’lumotlarga ularning indexi orqali murojaat qilish mumkin (indexlar 0 dan boshlanadi ya’ni birinchi qiymatning indexi 0).
Massivlarni e’lon qilish uchun avval ma’lumot turi belgilanadi (int, char, string va h.k). Undan so’ng esa massiv o’zgaruvchisining nomi belgilanadi (bizning holatimizda “raqamlar”). Tekkis qavslar yordamida massivimiz qancha ma’lumot saqlay olishini belgilaymiz. Biz yuqoridagi holatda massivimiz 5 butun son saqlay olishi uchun 5 qiymatini kiritdik. Undan so’ng esa jingalak qavslardan foydalangan holda massivning ma’lumotlarini kirgazamiz ya’ni 5 ta butun sondan iborat qiymatlarni massivga o’zlashtiramiz.
Massiv (Array) ga murojat qilish
Massiv elementlariga murojaat qilish indexlar yordamida amalga oshiriladi.
Ushbu holatda biz raqamlar massivini 0 chi indexdagi elementi ya’ni 1 qiymatini ekranga chop qilishimiz mumkin.
Massiv (Array) elementlarini o’zgartirish
Massiv elementlarini o’zgartirish uchun avval qaysi indexdagi elementni o’zgartirishni tanlab olamiz.
Bu holatda biz raqamlar massivining 2 indexdagi elementini qiymatini 8 ga o’zgartirdik.
Massiv bo’ylab sikl
Biz massivlarni bir-ma bir index bo’yicha ekranga chop qilmasdan sikllardan foydalangan holda chop qilishimz ham mumkin.
Ushbu holatda massivimizni ekranga chop qilish uchun for siklidan foydalandik va sikl har aylanishda bittadan elementni ekranga chop qiladi.
Ko’p o’lchovli Massivlar (Multidimensional Arrays)
C++ ko’p o’lchovli massivlar e’lon qilish imkoniyatini ham taqdim qiladi. Bular massiv massivlari hisoblanib ma’lumotlarni tarmoq yoki matritsa ko’rinishida taqdim qilish uchun foydalidir.
Ushbu holatda biz 2D massiv(Array) e’lon qildik. Bu massivni ma’lumotlar bilan to’ldirish quidagicha ko’rinishda bo’ladi.
Last updated on