C++ Editor & IDE
C++ dasturlash tilida ishlatiladigan Editor & IDE lar haqida
IDE ( Integrated Development Environment )
IDE lar dasturlash jarayonini tezlashtirish va soddalashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minotdir. Ular kod yozish, ishga tushirish, tuzatishlar, ishlatiladigan fayllarni bajarish va tayyor fayllarni ishga tushirish kabi asosiy vazifalarni bajaradi.
IDElar turlari
- Visual Studio Code: Ushbu IDE keng qamrovli dasturlash uchun ishlatiladi va keng qamrovli kutubxonalarni qo’llab-quvvatlaydi.
- CLion: Ushbu IDE C++ dasturlash tilini qo’llab-quvvatlaydi va keng qamrovli kutubxonalarni qo’llab-quvvatlaydi.
- Qt Creator: Ushbu IDE Qt kutubxonalarni qo’llab-quvvatlaydi va keng qamrovli dasturlash uchun ishlatiladi.
- Code::Blocks: Ushbu IDE C++ dasturlash tilini qo’llab-quvvatlaydi va keng qamrovli kutubxonalarni qo’llab-quvvatlaydi.
- Dev-C++: Ushbu IDE C++ dasturlash tilini qo’llab-quvvatlaydi va keng qamrovli kutubxonalarni qo’llab-quvvatlaydi.
Visual Studio ( Windows ): Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan dastur muxariri. Ushbu dastur sizga Debug va kompilyatsiya qilish va qolaversa keng ko’lamli sozlamalar, plaginlar va kengaytma ( Extension ) larni taqdim qiladi
CLion (Cross-Platform): Jetbrains tomonidan ishlab chiqarilgan kuchli dastur muxariri hisoblanadi. Ushbu dastur ham sizga ko’plab qo’shimcha imkoniyatlar taqdim qiladi hususan Cmake build qilish tizimi, versiyalarni boshqarish ( GIT ) bilan integratsiya va bir qancha test qilish uchun frameworklar. Ushbu dastur Cross-Platform hisoblanadi ya’ni barcha opratsion tizimlar uchun mavjud ( Windows, Linux, MacOS )
Code::Blocks (Cross-Platform): Ushbu dastur muxariri ham Cross-Platform hisoblanib barcha operatsion tizimlar uchun mavjud va ochiq manbali, bepul va moslashuvchan interfeysga ega hisoblanadi. GNU GCC kompilyatoriga ega yengil, tushinishga qulay bo’lganligi uchun ko’plab dasturlashga endi kirib kelganlar uchun mos keladi.