Sikllar (Loop)

C++ da sikllar (Loop) haqida

C++ da sikllar (Loop)

Looplar (sikllar) dasturlashning asosiy konstruksiyalaridan biri xisoblanadi va shartga asoslangan holda ma’lum bir ko’d bo’lagini qayta qayta ishga tushirish imkoniyatini beradi. C++ da quidagi uchta asosiy looplar mavjud :

  • while
  • do-while
  • for

while - mantiqiy shart asosida ko’d bo’lagini qayta-qayta ishga tushiradi. Shart ijobiy bo’lsa ya’ni True qaytarsa sikl davom etaveradi. Shart boshidan False qiymat qaytarsa dastur bir martta ham ishlamasligi mumkin.

while (shart) {
    // qayta ishga tushirish uchun ko'd
}

Looplar bilan ishlashda shartlarni belgilash juda muxim ro’l o’ynaydi. Agar shart to’g’ri belgilanmasa dasturda xatolik ya’ni cheksiz loop yoki dastur umuman ishga tushmaslik kabi xatolar kelib chiqishi mumkin.

#include <iostream>
 
using namespace std;
 
int main()
{
     // sikl boshlanish nuqtasini belgilash
     int i = 0;
     // sikl qachon to'xtashi kerakligini belgilash
     while (i < 5) {
          // salom so'zini ekranga chop qilish
          cout << "salom" << endl;
          // siklni bittaga oshirish
          i++;
     }
 
   return 0;
}
 
// natija :
/*
       salom
       salom
       salom
       salom
       salom
 
*/

Yuqorida keldirilgan dastur “salom” so’zini 5 marotaba ekranga chop qiladi. Dasturda sikl takrorlanishini xisoblash uchun i nomli o’zgaruvchi e’lon qildik. while loopi ichida o’zgaruvchimiz 5 dan kichik bo’lganda dastur ishlayversin deb shart berdik va har safar ekranga “salom” so’zi chop qilinganda o’zgaruvchimiz qiymatini increment operatoridan foydalangan holda bittaga oshirib bordik. Qachonki o’zgaruvchimiz qiymati 5 ga teng bo’lganda shart False qiymat qaytaradi va dastur ishlashdan to’xtaydi chunki ikkita bir xil qiymatli sonlar bir biridan kichik bo’lolmaydi.

do-while - ushbu siklni while siklidan farqi shundaki shart tekshirilishidan oldin ko’d kamida bir martta ishga tushiriladi ya’ni avval ko’d ishga tushiriladi keyin esa shart tekshiriladi. Bu usuldan foydalanuvchidan qabul qilingan ma’lumotlarni tekshirish paytida va menuga asoslangan dasturlarda foydalanish samaraliroq hisoblanadi.

#include <iostream>
 
using namespace std;
 
int main()
{
   int number;
 
    do {
 
        cout << "10 dan kichik son kiriting: ";
        cin >> number;
 
    } while (number > 10);
 
    cout << "Siz kiritgan raqam: " << number << endl;
 
    return 0;
}

Yuqoridagi misolda foydalanuvchi 10 dan kichik son kiritmagunicha dastur davom etaveradi va qachonki foydalanuvchi 10 dan kichik son kiritganida shart bajariladi va dastur foydalanuvchi kiritgan raqamni ekranga chop qiladi. Menimcha endi ba’zi internet sahifalarida maxfiy so’z (password) o’ylab topish qanday tashkil qilinganini tushunib oldingiz.

for - Odatda ko’p foydalaniladigan sikllardan biri hisoblanadi va soni aniq bo’lgan takrorlanishlar uchun ideal yechimdir.

#include <iostream>
 
using namespace std;
 
int main()
{
 
    int sum = 0;
 
    for (int i = 1; i <= 10; i++) {
        sum += i;
    }
 
    cout << "1 dan 10 gacha bo'lgan sonlar yig'indisi: " << sum << endl;
 
    return 0;
}
 
// natija : 55

Ushbu dasturimizda biz for siklidan foydalangan holda 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlar yig’indisini xisoblab chiqdik. Bu usulni qulayligi shundaki siz o’zgaruvchi, shart va increment amalini bir joyda yozishingiz mumkin.

Ushbu sahifada

Xato haqida xabar berish