C++ Compilers
C++ dasturlash tilida ishlatiladigan kompilyatorlar haqida
Kompilyatorlar (Compilers)
Kompilyatorlar dasturlash olamida ildiz tushuncha hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi inson o’qiy oladigan kod ( dasturlash tillari yordamida yozilgan kod ) ni mashina kodi ( 0 va 1 ) ga tarjima qilish. C++ kompilyatorlari dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayonida hal qiluvchi rol o'ynaydi hususan kodni tarjima qilish, sintaktik xatolarni tekshirish, tarjima qilingan kodni optimallashtrish va ishga tayyor faylni hosil qilish ( executable file ).
C++ kompilyatorlar turlari
Bir qancha kompilyator turlari mavjud bo’lib ular vazifalariga qarab farqlanadi.
- Mahalliy kompilyatorlar : Bu turdagi kompilyatorlar to’g’ridan to’g’ri o’zlari ishlab turgan qurilma ( platforma ) arxitekturasi uchun mashina kodini yaratishadi. ( GCC ( GNU Compiler collection ) yoki Clang )
- Platforma tanlamaydigan kompilyatorlar ( Cross-Compilers ) : Bu turdagi kompilyatorlar boshqa qurilmalar uchun ham mashina kodi yaratishi mumkin. Misol uchun Windows tizimida ishlab turgan kompilyator Linux tizimi uchun ham mashina kodi yarata oladi.
- IDE kompilyatorlari ( Integrated Development Environment (IDE) Compilers): Visual Studio Code yoki CodeBlocks ga o’xshash ko’plab kod yozish muhitlari o’zlarining kompilyatorlariga ega bo’ladi yoki kompilyatsiya jarayonini ta’minlash uchun qurrilmadagi mavjud kompilyator bilan birlashadi.
- Online kompilyatorlar ( Online Compilers ) : Bunday kompilyatorlar asosan web browserlarda, o’quv maqsadlari uchun ishlab chiqilgan web saytlarda kodlarni online hechqanday ortiqcha dasturlarni o’rnatmasdan ishga tushurish uchun ishlatiladi.
Mashxur C++ kompilyatorlari
- GCC ( GNU compiler collection ) : Bir nechta dasturlash tillarini jumladan C++ ni qo’llab quvvatlovchi ochiq manbali kompilyatorlar to’plami.
- Clang: GCC dan kompilatsiya jarayonini tezligi va keng qamrovli xato xabarlari bilan ajralib turadi. Clang macOS-da standart kompilyator sifatida ishlatiladi va ushbu kommpilyator ham bir qancha tillarni qamrab oladi hususan C,C++, Objective-C.
- Microsoft Visual C++ Compiler: Windows platformasida C++ ilovalarini yaratish uchun Microsoft tomonidan taqdim etilgan kompilyator.
- Intel C++ Compiler: Intel arxitekturasida ishlash optimallashtirishlari bilan mashhur Intel kompaniyasining yuqori darajada optimallashtiruvchi kompilyatori.