venv Library

Python 3.3-versiyasidan boshlab venv modulini qo'shdi.

SU

Pythonning venv Kutubxonasi

Python 3.3-versiyasidan boshlab venv modulini qo'shdi. Bu haqda to'liq ma'lumotni quyidagi havolada o'qishingiz mumkin:

venv dan foydalanish uchun Pythonni -m flagi bilan ishga tushirishingiz mumkin. -m flagi Python-ga undan keyingi keltirilgan modulni ishga tushirishni buyuradi.

Keling, buni sinab ko'ramiz. Windows-da cmd.exe yoki Mac yoki Linux-da terminalni oching. Keyin quyidagi buyruqni yozing:

python -m venv env

Bu buyruq terminalda ochilgan katalogda env nomli papkani yaratadi.

Virtual muhitni faollashtirish uchun terminalda env papkasiga o‘ting va Linux/Mac uchun quyidagi buyruqni kiriting:

source bin/activate

Agar siz Windows foydalanuvchisi bo'lsangiz, Scripts pastki papkasidagi .bat faylni ishga tushirish orqali virtual muhitni faollashtirishingiz mumkin. Bu fayl env papkasida joylashgan bo‘ladi.

Agarda siz env papkasiga o'tmasdan virtual muhitni aktivlashtiraman desangiz. Unda quyidagi kodni yozing Linux/Mac uchun:

source env/bin/activate

Agar env papkasiga o'tmasdan virtual muhitni deaktivlashtiraman desangiz, quyidagi kodni yozing Windows uchun:

source env/Scripts/activate.bat

Endi sizga quyidagiga o'xshash narsa ko'rinishi kerak:

venv

E'tibor bering, buyruq satri nomi endi env deb o'zgargan. Bu, virtual muhit faollashtirilganini va foydalanishga tayyor ekanini bildiradi.

Endi siz yangi paketlarni o'rnatishingiz mumkin va ular tizim Pythoniga emas, balki virtual muhitga o'rnatiladi.

Ishingiz tugagach, virtual muhitni deactivate buyrug'i orqali o'chirib qo'yishingiz mumkin. Deaktivatsiya qilish jarayoni dasturiy realizatsiyaga bog'liq bo'lib, bu script, batch fayli yoki boshqa narsa bo'lishi mumkin.

PyCharm, WingIDE va VS Code kabi IDE-lar Python virtual muhitlari bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Aslida, ularning o'zida virtual muhitlarni yaratish va faollashtirish odatda buyruq satridan emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri IDE ichida amalga oshiriladi.

Ushbu sahifada

Xato haqida xabar berish