Installing on Windows

Python dasturlash tilini Windows operatsion tizimiga o'rnatish.

SU

Windows’da o'rnatish

Python rasmiy sayti da Python dasturini yuklab olish uchun maxsus bo'lim mavjud. Siz o'sha bo'limdan Python o'rnatuvchisini yuklab olishingiz mumkin.

O'rnatuvchi yuklab olingandan so'ng, uni ikki marta bosib, o'rnatish oynasi orqali davom eting. Mana, birinchi ko'rishingiz kerak bo'lgan ekran:

Install Python Windows

O'rnatish oynasida "Python-ni Path ga qo'shish" uchun maxsus belgilanadigan joy mavjud. Agar sizda eski versiyadagi Python o'rnatilgan bo'lmasa yoki oxirgi versiyani ishlatmoqchi bo'lsangiz, men ushbu belgini belgilashingizni tavsiya qilaman. U odatda belgilanmagan bo'lib keladi, bu esa yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan.

Agar siz Python-ni Path ga o'rnatsangiz, uni komanda qatori (cmd.exe) yoki Powershell’da python deb yozib ishlatishingiz mumkin bo'ladi. Agar siz Python-ni Windows store(do'koni) orqali o'rnatsangiz, u avtomatik tarzda Path ga qo'shiladi.

O'rnatish oynasining keyingi sahifasi sizga qo'shimcha xususiyatlarni yoqish yoki o'chirish imkonini beradi:

Install Python Windows

Sukut bo‘yicha mavjud bo‘lgan variantlarni o‘zgartirmasdan qoldirishingiz mumkin, ammo agar diskda joy yetishmasa, “Python Test Suite” (Python test to‘plami) opsiyasini belgilamaslik kerak. O'rnatish ustasining keyingi sahifasi sizga "Kengaytirilgan Parametrlar" (Advanced Options) ni yoqish imkonini beradi:

Install Python Windows

Bu yerda siz Python’ni kompyuterning barcha foydalanuvchilari uchun o'rnatishingiz mumkin. Shuningdek, Python fayllarini Python bilan bog'lashingiz, qisqa yo‘llar yaratishingiz, Python’ni atrof-muhit o‘zgaruvchilariga qo‘shishingiz va boshqa imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin. Ko‘pincha sukut bo‘yicha parametrlar yetarli bo‘ladi. Ammo, “Precompile standard library” (standart kutubxonani oldindan kompilyatsiya qilish) opsiyasini belgilab qo‘yish yaxshi fikr, chunki bu Python dasturini kompyuteringizda tezroq ishlashiga yordam beradi.

Bu yerda "Keyingisi" tugmasini bosganingizda, ehtimol Windows foydalanuvchi kirishini boshqarish tizimidan ogohlantirish olasiz:

Install Python Windows

Bu bosqich Python’ni o‘rnatishni davom ettirishni xohlaysizmi, deb tasdiqlovchi qadamdir. "Ha" tugmasini bosing va davom eting. Endi Python o'rnatilmoqda:

Install Python Windows

O'rnatish tugagandan so'ng, quyidagi yakuniy muloqot oynasini ko'rasiz:

Install Python Windows

Endi kompyuteringizga Python muvaffaqiyatli o'rnatildi! Python-ni ishga tushirish uchun cmd.exe-ni ochib ko'ring:

Install Python Windows

Yuqoridagi kabi bir narsani ko'rishingiz kerak. Chiqish uchun Linux va Mac’da CTRL+D tugmalarini, Windows’da esa CTRL+Z tugmalarini bosing yoki har qanday platformada exit() deb yozing va Enter tugmasini bosing.

Last updated on

On this page

Xato haqida xabar berish