Python nima?
Python mashhur dasturlash tili bo'lib, uni Guido van Rossum yaratgan va 1991-yilda chiqarilgan.
Python quyidagi sohalarda ishlatiladi:
- Veb dasturlash (server tomoni),
- Dasturiy ta'minot yaratish,
- Matematika,
- Tizim skriptingi,
- AI(Sun'iy Intellekt),
- Data Science va Machine Learning,
- Robotika va IoT (Internet of Things),
- Kiberxavfsizlik va tarmoq dasturlash,
- O'yinlar yaratish,
- Grafik foydalanuvchi interfeyslari (GUI) yaratish.
Python ko'p qirrali va keng qo'llaniladigan til bo'lib, turli sohalarda qo'llaniladi. Uning soddaligi va kuchli kutubxonalar to'plami tufayli, Python ko'plab murakkab vazifalarni hal qilishda samarali vosita hisoblanadi.
Python nima qila oladi?
- Python serverda veb ilovalar yaratish uchun ishlatilishi mumkin.
- Python dasturiy ta'minot bilan birga ishlatilib, ish jarayonlarini avtomatlashtirishi mumkin.
- Python ma'lumotlar bazasi tizimlari bilan ulanishi mumkin. Fayllarni o'qish va tahrirlash imkoniyatiga ega.
- Python katta ma'lumotlarni boshqarish va murakkab matematik amallarni bajarish uchun ishlatiladi.
- Python tezkor prototiplash yoki to'liq ishlab chiqarishga tayyor dasturlar yaratish uchun ishlatilishi mumkin.
Nega aynan Python?
- Python turli platformalarda ishlaydi (Windows, Mac, Linux, Raspberry Pi va h.k.).
- Pythonning sintaksisi oddiy bo'lib, ingliz tiliga o'xshash.
- Python dasturchilarga ba'zi boshqa dasturlash tillariga qaraganda kamroq qatorlar bilan dasturlar yozishga imkon beradi.
- Python interpretator tizimida ishlaydi, ya'ni kod yozilgandan keyin darhol bajarilishi mumkin. Bu esa prototiplashni juda tez qiladi.
- Pythonni protsessual, obyektga yo'naltirilgan yoki funksional tarzda ishlatish mumkin.
Yaxshi bilishingiz kerak bo'lgan narsalar
Pythonning eng so'nggi katta versiyasi Python 3 bo'lib, ushbu qo'llanmada ham undan foydalanamiz. Ammo, Python 2 faqat xavfsizlik yangilanishlari bilan qo'llab-quvvatlanayotgan bo'lsa-da, hali ham ommabop. Ushbu qo'llanmada Python matn muharririda yoziladi. Shuningdek, Thonny, PyCharm, Netbeans yoki Eclipse kabi Integratsiyalashgan Dastur Muhitlarida (IDE) Python kodlarini yozish mumkin, bu ayniqsa katta loyihalarda foydalidir.
Python sintaksisi boshqa dasturlash tillariga nisbatan
Python o'qilishi uchun qulay qilib yaratilgan va sintaksisida ingliz tiliga hamda matematikaga o'xshashlik mavjud. Python boshqa dasturlash tillaridan farqli o'laroq, buyruq tugatilishini yangi qator orqali bildiradi, ko'pincha boshqa tillarda nuqtali vergul yoki qavslar ishlatiladi. Python bo'shliqlardan foydalanib, funksiyalar, sikllar va klasslarning doirasini belgilaydi. Boshqa dasturlash tillarida bunday doiralarni ko'pincha figurali qavslar yordamida belgilashadi.