Python Virtual Muhitlar
Python tilida virtual muhitlar tushunchasi mavjud. Python virtual muhiti — bu uchinchi tomon paketlarini o'rnatish uchun yaratilgan muhit bo'lib, u tizim Python o'rnatilishiga ta'sir qilmasdan sinov o'tkazishga imkon beradi. Har bir virtual muhit o'zining o'rnatilgan paketlar to'plamiga ega bo'ladi va, virtual muhitning o'rnatilish turiga qarab, o'zining Python interpreteri va standart kutubxonasiga ham ega bo'lishi mumkin.
Python virtual muhitlarini yaratishning bir nechta usullari mavjud. Bu bo‘limda biz quyidagi ikki usulga e’tibor qaratamiz:
- Ichki venv moduli
- virtualenv paketi
Python virtual muhitlarini yaratish uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan boshqa vositalar ham mavjud. Ushbu bo'limning oxirida ular haqida qisqacha ma'lumot beramiz.
Hozir esa, venv kutubxonasi bilan ishlashni o'rganishdan boshlaymiz!