Introduction

Python type checking haqida.

SU

Pythonda Tiplarni Tekshirish (Type Checking)

Pythonda Tiplarni Tekshirish yoki Tiplarni Izohlash — Python 3.5 versiyasida qo‘shilgan yangi xususiyatlardan biridir. Tiplarni izohlash (type hinting) deb ham ataladi. Tiplarni izohlash funksiyalar va o‘zgaruvchilar e’lonlariga maxsus sintaksis qo‘shish orqali, argument yoki o‘zgaruvchining qaysi tipga tegishli ekanligini ishlab chiquvchiga bildiradi.

Pythonda tiplarni izohlashni majburiy emas. Python dinamik tiplangan dasturlash tili bo‘lgani uchun tiplarni o‘zgartirishga hali ham ruxsat beradi. Ammo ayrim integratsiyalashgan dastur muhiti (IDE)lar, masalan, PyCharm, tiplarni izohlashni qo‘llab-quvvatlaydi va tip xatolarini ko‘rsatadi. Shuningdek, Mypy deb nomlangan vositadan foydalanib, kodning tiplarini tekshirishingiz mumkin. Ushbu bo‘limda ushbu vosita haqida batafsilroq ma’lumot beriladi.

Ushbu bo‘limda nimalarni o‘rganasiz:

  • Tiplarni izohlashning afzalliklari va kamchiliklari
  • Ichki tip izohlash va o‘zgaruvchi izohlash
  • Kolleksiya tiplarini izohlash
  • None qiymatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiymatlarni izohlash
  • Funksiyalarni tip izohlash
  • Qiyin masalalarni qanday hal qilish kerak?
  • Sinflar bilan ishlash
  • Dekoratorlarni izohlash
  • Aliasing (yangi nomlash)
  • Boshqa tip izohlar
  • Tip izohlarini kommentarlarda ishlatish
  • Statik tiplarni tekshirish

Keling, boshlaymiz!

Last updated on

On this page

Xato haqida xabar berish