Introduction
Python threads.
Bir nechta Threadlar
Konkurrentlik dasturlashda katta mavzudir. Konkurrentlik tushunchasi bir nechta kodni bir vaqtning o‘zida bajarishdir. Python o‘zining standart kutubxonasida bir nechta turli xil yechimlarni taqdim etadi. Siz threadlar yoki jarayonlardan foydalanishingiz mumkin. Ushbu bobda siz threadlardan qanday foydalanishni o‘rganasiz.
O‘z kodingizni ishga tushirganingizda, siz bitta threaddan foydalanasiz. Agar fonda boshqa narsani ishga tushirmoqchi bo‘lsangiz, Python-ning threading modulidan foydalanishingiz mumkin.
Ushbu bobda siz quyidagilarni o‘rganasiz:
- Threadlardan foydalanishning afzalliklari
- Threadlardan foydalanishning kamchiliklari
- Threadlar yaratish
- Thread-ni subklasslash
- Threadlar yordamida bir nechta faylga yozish
Eslatma
Ushbu bob threadlarni to‘liq qamrab olishga mo‘ljallanmagan. Lekin siz ilovangizda threadlardan foydalanishni boshlash uchun yetarli ma’lumot olasiz. Keling, threadlardan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rib chiqishdan boshlaymiz! Bundan tashqari agarda siz shu bobga yetib kelgan bo'lsangiz va Udemere AI ishga tushgan bo'lsa shu Sun'iy Intellektimiz orqali so'rab yanada chuqurroq o'rganishingiz mumkin bo'ladi.
Last updated on