Alert, Prompt va Confirm
Brauzer orqali foydalanuvchi bilan o'zaro aloqani ta'minlash uchun `alert`, `prompt` va `confirm` funksiyalari.
Brauzer orqali foydalanuvchi bilan o'zaro aloqani ta'minlash uchun alert
, prompt
va confirm
funksiyalari:
alert
Bu funksiyani allaqachon ko'rib chiqdik. U foydalanuvchiga xabar ko'rsatadi va "OK" tugmasi bosilishini kutadi.
Masalan:
Xabar ko'rsatiladigan mini-oyna "modal oynasi" deb ataladi. "Modal" so'zi foydalanuvchi bu oynani yopmasdan sahifaning boshqa qismlari bilan o'zaro aloqada bo'la olmasligini anglatadi. Ya'ni, foydalanuvchi "OK" tugmasini bosmaguncha sahifa bilan boshqa harakatlarni amalga oshira olmaydi.
prompt
prompt
funksiyasi ikki argumentni qabul qiladi:
Bu funksiyada sarlavha matni, foydalanuvchi uchun kirish maydoni va OK/Cancel tugmalari bilan modal oyna ko'rsatiladi.
- sarlavha: Foydalanuvchiga ko'rsatiladigan matn.
- standart: Kirish maydonining boshlang'ich qiymati bo'lib, ixtiyoriy parametr hisoblanadi.
Foydalanuvchi kirish maydoniga matn kiritib, OK tugmasini bosishi mumkin. Shunda natijada kiritilgan matnni olamiz. Yoki Cancel tugmasi yoki Esc tugmasini bosish orqali kiritishni bekor qilishi mumkin. Bunday holda natija null
bo'ladi.
Misol uchun:
Internet Explorer-da: har doim standart qiymatni ko'rsating
Ikkinchi parametr ixtiyoriy, lekin agar biz uni ko'rsatmasak, Internet Explorer prompt oynasiga "undefined" matnini qo'shadi.
Shu kodni Internet Explorer’da ishlatib ko’ring:
Shuning uchun, prompt
oynasini Internet Explorer’da to’g’ri ko’rinishda ishlatish uchun ikkinchi argumentni har doim ko’rsatishni tavsiya etamiz:
confirm
Sintaksis:
confirm
funksiyasi savol bilan modal oyna va ikkita tugmani (OK va Cancel) ko'rsatadi.
Natija agar OK tugmasi bosilsa true
bo'ladi, aks holda false
.
Masalan:
Xulosa
Biz foydalanuvchi bilan o'zaro aloqa qilish uchun uchta brauzerga xos funksiyani ko'rib chiqdik:
alert
: xabar ko'rsatadi.prompt
: foydalanuvchidan matn kiritishni so'raydi va kiritilgan matnni yoki Cancel bosilgandanull
ni qaytaradi.confirm
: savol bilan oyna ko'rsatadi va OK bosilsatrue
, Cancel yoki Esc bosilsafalse
ni qaytaradi.
Ushbu metodlarning barchasi modal hisoblanadi: ular skriptning bajarilishini to'xtatadi va oynani yopishgacha foydalanuvchi sahifa bilan o'zaro aloqada bo'la olmaydi.
Bu metodlarning ikki cheklovi mavjud:
- Modal oynaning aniq joylashuvi brauzer tomonidan belgilanadi. Odatda, u markazda bo'ladi.
- Oynaning aniq ko'rinishi ham brauzerga bog'liq. Biz uni o'zgartira olmaymiz.
Bu oddiylikning narxi. Agar "qo'shimcha bezaklar" muhim bo'lmasa, ushbu metodlar yetarli darajada ishlaydi.