Izohlar

...

SU

Python Izohlari

  1. Izohlar Python kodini tushuntirish uchun ishlatilishi mumkin.
  2. Izohlar kodni o'qishni osonlashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
  3. Izohlar kodni sinovdan o'tkazishda uni bajarilishini to'xtatish uchun ishlatilishi mumkin.

Izoh Yaratish

Izohlar # belgisi bilan boshlanadi va Python ularni inobatga olmaydi:

Misol

# Bu izoh
print("Salom, Dunyo!")

Izohlar qator oxiriga ham yozilishi mumkin va Python qatorning qolgan qismini e'tiborga olmaydi:

Misol

print("Salom, Dunyo!") # Bu izoh

Izoh shunchaki kodni tushuntirish uchun bo'lishi shart emas, uni Python kodini bajarilishidan to'xtatish uchun ham ishlatishingiz mumkin:

Misol

# print("Salom, Dunyo!")
print("Salom, Do'stim!")

Ko'p qatorli Izohlar

Python ko'p qatorli izohlar uchun alohida sintaksisga ega emas.

Ko'p qatorli izoh qo'shish uchun har bir qatorga # qo'yishingiz mumkin:

Misol

# Bu izoh
# bir necha qatorlarda yozilgan
print("Salom, Dunyo!")

Yoki ko'p qatorli stringdan foydalanishingiz mumkin. Python o'zgaruvchiga bog'lanmagan string literalni inobatga olmaydi, shuning uchun ko'p qatorli string (uchta qo'shtirnoq) ichida izohingizni yozishingiz mumkin:

Misol

"""
Bu izoh
bir necha qatorlarda yozilgan
"""
print("Salom, Dunyo!")

String o'zgaruvchiga bog'lanmagan ekan, Python kodni o'qiydi, lekin uni bajarishdan e'tiborsiz qoldiradi, va shu tariqa siz ko'p qatorli izoh yaratgan bo'lasiz.

Ushbu sahifada

GitHubda tahrirlash