Introduction
Arrays va linked listlar haqida bilib oling hamda birinchi sorting algoritmni o'rganing.
Ushbu bobda
- Siz arraylar va linked listlar haqida bilib olasiz — bu ikkisi eng asosiy ma'lumotlar tuzilmalari bo'lib, ular har joyda qo'llaniladi. Siz allaqachon 1-bobda arraylardan foydalandingiz, va bu kitobning deyarli har bir bobida ulardan foydalanasiz. Arraylar juda muhim mavzu, shuning uchun diqqat bilan o'rganing! Ammo ba'zida arraylar o'rniga linked list ishlatish yaxshiroq bo'lishi mumkin. Ushbu bobda ikkalasining ham afzalliklari va kamchiliklari tushuntiriladi, shunda qaysi biri sizning algoritmingiz uchun to'g'ri kelishini bilib olasiz.
- Siz birinchi sorting algoritmingizni o'rganasiz. Ko'pgina algoritmlar faqat ma'lumotlar tartiblangan holda ishlaydi. Binary search ni eslaysizmi? Siz binary search ni faqat tartiblangan elementlar ro'yxatida bajarishingiz mumkin. Ushbu bobda sizga selection sort ni o'rgataman. Ko'pgina dasturlash tillarida sorting algoritmlari allaqachon mavjud, shuning uchun o'zingizdan sorting algoritmini boshqatdan yozishingiz kamdan-kam hollarda kerak bo'ladi. Ammo selection sort ni bilish sizga keyingi bobda ko'rib chiqiladigan quicksort ni tushunishni osonlashtiradi. Quicksort juda muhim algoritm bo'lib, bir sorting algoritmini oldindan bilish sizga uni o'rganishni ancha yengillashtiradi.
Nimani bilishingiz kerak?
Ushbu bobda ishlash tahlili bitlarini tushunish uchun Big O notatsiyasi va logarifmlarini bilishingiz kerak. Agar siz ularni bilmasangiz, 1-bobni o'qib chiqishingizni maslahat beraman. Kitobning qolgan qismida Big O belgisi qo'llaniladi.