Sass Kirish
Nimalarni Bilishingiz Kerak
Davom etishdan oldin quyidagi tushunchalar haqida asosiy bilimga ega bo'lishingiz kerak:
- HTML
- CSS
Agar bu mavzularni avvalroq o'rganishni istasangiz, bizning Home sahifamizda darsliklarni topishingiz mumkin.
Sass nima?
- Sass – bu Syntactically Awesome Stylesheet degan ma’noni anglatadi.
- Sass – bu CSS kengaytmasi.
- Sass – bu CSS pre-protsessori.
- Sass barcha CSS versiyalari bilan to‘liq mos keladi.
- Sass CSS kodini takrorlashni kamaytiradi va vaqtni tejaydi.
- Sass 2006-yilda Hampton Catlin tomonidan yaratilgan va Natalie Weizenbaum tomonidan ishlab chiqilgan.
- Sass bepul yuklab olinadi va foydalaniladi.
Nega Sass ishlatish kerak?
Stil jadvallari (stylesheets) tobora kattaroq, murakkabroq va boshqarish qiyinroq bo‘lib bormoqda. CSS pre-protsessori bu jarayonda yordam beradi.
Sass sizga CSSda mavjud bo‘lmagan xususiyatlardan foydalanish imkonini beradi, masalan: o'zgaruvchilar (variables), ichma-ich qoidalar (nested rules), mikslash (mixins), importlar, meros olish (inheritance), o'rnatilgan funksiyalar va boshqa imkoniyatlar.
Sass nima uchun foydali ekaniga oddiy misol
Tasavvur qiling, bizda uchta asosiy rangga ega sayt bor:
- #a2b9bc
- #b2ad7f
- #878f99
Shunday bo'lsa, bu HEX qiymatlarni necha marta yozishingiz kerak? Juda ko'p marta. Va shu ranglarning turli variatsiyalarini ham ishlatishingiz kerak bo‘lsa-chi?
Bu qiymatlarni ko‘p marta yozish o‘rniga, Sass orqali quyidagi tarzda yozishingiz mumkin:
Sass Misol
Shunday qilib, Sassdan foydalanganda, asosiy rang o'zgarsa, uni faqat bitta joyda o'zgartirish kifoya bo'ladi.
Sass qanday ishlaydi?
Brauzer Sass kodini tushunmaydi. Shuning uchun Sass kodini standart CSS kodiga aylantiradigan Sass pre-protsessor kerak bo‘ladi.
Bu jarayon transpilyatsiya deb ataladi. Shunday qilib, siz transpilyator (ba'zi dastur)ga Sass kodini berasiz va evaziga CSS kodini olasiz.
Maslahat: Transpilyatsiya – bu bir tilida yozilgan manba kodini boshqa bir tilga aylantirish jarayonidir.
Sass fayl turi
Sass fayllarining kengaytmasi ".scss" bo‘ladi.
Sass kommentlari
Sass standart CSS kommentlarini qo‘llab-quvvatlaydi /* comment */
, va qo‘shimcha ravishda inline kommentlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi // comment
: