O'rnatish
Angular bilan tezda boshlang, onlayn starterlar yoki terminal orqali local muhitda ishlang.
Yangi loyiha yaratish (local sozlash)
Agar yangi loyiha boshlayotgan bo‘lsangiz, ehtimol siz Git kabi vositalardan foydalanish uchun local loyihani yaratishni xohlaysiz.
Talablar
- Node.js - v^18.19.1 yoki yangiroq
- Matn muharriri - Biz Visual Studio Code'ni tavsiya qilamiz
- Terminal - Angular CLI buyruqlarini ishga tushirish uchun kerak
Ko‘rsatmalar
Quyidagi qo'llanma sizga local Angular loyihasini sozlash bo'yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Angular CLI ni o'rnating
Terminalni oching (agar siz Visual Studio Code'dan foydalansangiz, biriktirilgan terminalni ochishingiz mumkin) va quyidagi buyruqni ishga tushiring:
Agar bu buyruqni Windows yoki Unix tizimida ishga tushirishda muammolarga duch kelsangiz, qo‘shimcha ma’lumot uchun CLI hujjatlariga qarang.
Yangi loyiha yarating
Terminalingizda kerakli loyiha nomi bilan ng new
CLI buyruqini ishga tushiring. Quyidagi misollarda biz my-first-angular-app nomidagi loyiha misolidan foydalanamiz.
Sizga loyihangiz uchun ba'zi sozlash variantlari taqdim etiladi. Variantlarni tanlash uchun strelka va Enter tugmalaridan foydalaning.
Agar sizning maxsus sozlash talablari bo'lmasa, Enter tugmasini bosib, standart variantlarni qabul qilishingiz va sozlashni davom ettirishingiz mumkin.
Sozlash variantlarini tanlaganingizdan so'ng va CLI sozlashni yakunlagach, quyidagi xabarni ko'rishingiz kerak:
Endi loyihangizni local muhitda ishga tushirishga tayyorsiz!
Yangi loyihani local muhitda ishga tushirish
Terminalingizda yangi Angular loyihangizga o‘ting:
Bu vaqtda barcha bog‘liqliklar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak (buni tasdiqlash uchun loyihangizda node_modules papkasining mavjudligini tekshirishingiz mumkin). Loyihangizni quyidagi buyruqni ishga tushirib boshlashingiz mumkin:
Agar hammasi muvaffaqiyatli bo'lsa, terminalda quyidagi kabi tasdiq xabarini ko'rishingiz kerak:
Endi brauzeringizda http://localhost:4200 manziliga tashrif buyurib, ilovangizni ko'rishingiz mumkin. Kod yozishda omad! 🎉
Keyingi qadamlar
Endi siz Angular loyihasini yaratganingizdan so'ng, Angular haqida ko'proq bilib olishingiz uchun Essentials qo'llanmamizga o'tishingiz yoki batafsil qo'llanmalardan birini tanlashingiz mumkin!